Har kuni agentlar va hamkorlar bilan sverka qilishga soatlab vaqt ketyaptimi?
Aviachipta va tur-paketlar bo'yicha agentlar, aviakompaniyalar va hamkorlar hisobotlarini solishtiramiz, farqlarni topamiz va tayyor hisobot beramiz.
Har bir agent va hamkor o'z formatida hisobot yuboradi. Ularni qo'lda bir jadvalga keltirish kunning yarmini oladi.
Mos kelmagan summa oy yopilayotganda topiladi, sabab esa allaqachon esdan chiqqan bo'ladi.
Qarz kimda ekanini isbotlash uchun aniq, tekshirilgan hisobot kerak. Taxminlar bilan gaplashib bo'lmaydi.
Aviakompaniya, agent va hamkor hisobotlarini yuklang. Tizim ularni chipta bo'yicha solishtiradi.

Har bir mos kelmagan chipta bo'yicha summa va sabab bitta jadvalda ko'rinadi.
Har bir agent bo'yicha sotuv, komissiya va joriy qarz holati.

Operatorlar va yetkazib beruvchilar bilan o'zaro hisob-kitob doim yangilanib turadi.
Turkiya, Maldiv yoki Bali: qaysi yo'nalish qancha foyda keltirayotganini ko'ring.

Buxgalter uchun tayyor jadvallar. Hisobotni bir bosishda yuklab oling.
Agentlar, aviakompaniyalar va hamkorlardan olingan hisobotlarni Excel yoki CSV ko'rinishida yuklang.
Chiptalar, summalar va sanalar bir-biriga taqqoslanadi, mos kelmaganlari ajratib ko'rsatiladi.
Tayyor hisobotni ko'rasiz, Excel yoki PDF qilib yuklaysiz va hamkorga yuborasiz.



Tizimga kiring yoki bizga yozing: o'z hisobotlaringiz bilan flycontrol qanday ishlashini birga ko'rib chiqamiz.
